O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilgan ommaviy axborot vositalari soni mustaqillik yillarida 3,5 baravarga oshib, o‘tgan yil oxirida 1395 tani tashkil etdi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
Bugungi kunda barcha OAVning 63 foizi nodavlat hisoblanadi. Telekommunikatsiya tizimi 180 ta davlatga to‘g‘ridan−to‘g‘ri efir uzatadigan 28 xalqaro kanalga ega. Aholining 54 foizi raqamli televideniye bilan ta’minlangan.
“.UZ” zonasida ro‘yxatdan o‘tgan domenlarning umumiy soni 19 mingdan ortiq bo‘lib, bu 2010-yilnign shu davriga nisbatan 111 foizga ko‘proqdir. OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tgan internet resurslar soni so‘nggi besh yilda ikki martadan ko‘proq oshgan. 2015-yil 1-yanvarda internet OAV soni 304 tani tashkil etgan bo‘lib, ularning 95 foizidan ortig‘i nodavlat hisoblanadi.
Izoh (0)