Click kompaniyasi “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining Uzmobile GSM mobil operatori aloqa xizmatlari uchun to‘lov o‘tkazish imkoniyati paydo bo‘lganini e’lon qildi.
Click tizimining barcha foydalanuvchilari Uzmobile GSM raqamlari balansini har qanday vaqtda o‘z plastik kartalaridan to‘ldirishi mumkin.
Yaqin orada ushbu operator abonentlari tizimga ulanib, barcha xizmatlardan USSD-interfeys orqali foydalanishi mumkin bo‘ladi. Ayni paytda Uzmobile GSM aloqa xizmatlari uchun my.click.uz yoki m.click.uz manzili bo‘yicha “Shaxsiy kabinet” orqali to‘lash mumkin.
Izoh (0)