Yaponiyalik qiz xiyonatkor yigitidan original tarzda o‘ch olmoqchi bo‘ldi, deya xabar bermoqda The Daily Dot. Yigiti bevafolik qilganini bilgach, qiz unga tegishli bo‘lgan barcha Apple gadjetlarini to‘pladi va ularni suv bilan to‘ldirilgan vannaga tashladi.
O‘z xatti-harakatlari natijasini qiz Twitter’dagi blogida e’lon qildi. “Men unga haddan tashqari qattiqqo‘llik qilib yubormadimmi?” — deb so‘radi u o‘z mushtariylaridan.
浮気ばれてんけど、電化製品全て風呂ボチャはえぐない? pic.twitter.com/IhHw7IMYYZ
— 深月MIZUKI (@Fighting_gold3) April 18, 2015
Suratda turli avlod iPad’lari, iPhone smartfonlari — jami o‘ndan ortiq qurilmalar suvga cho‘kkanini ko‘rish mumkin.
Twitter foydalanuvchilari qizning xatti-harakatlarini qo‘llab-quvvatlab, unga dalda beruvchi izohlar yozdi.
Izoh (0)