Britaniya shahzodasi Uilyam va uning rafiqasi Ketrinning ikkinchi farzandi dunyoga kelishi Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga taxminan 1 milliard funt (1,5 milliard dollar) keltiradi, deya xabar bermoqda “TASS” Britaniya OAVlariga tayanib.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, shahzodaning farzandi tug‘ilishi sharafiga esdalik sovg‘alari chiqarilishi va sayyohlar yog‘ilib kelishining o‘ziyoq Britaniya iqtisodiyotini 150 million dollarga boyitadi.
Qiz tug‘iladigan bo‘lsa, moda sanoati o‘sib ketishi kutilmoqda. Britaniya bozori qirollik oilasi tanlovidan ta’sirlanishga moyil. Misol uchun Ketrinning birinchi homiladorlik davrida uning homiladorlar uchun mo‘ljallangan sevimli kiyim-kechak markasi daromadi 7,89 million dollardan 16,85 million dollargacha o‘sgan edi.
Izoh (0)