2015-yil 22-aprel kuni Buxoro shahridagi 5-kichik nohiyada joylashgan “Qamish bar” restoranidan yong‘in kelib chiqishi oqibatida bino butunlay yonib ketgani xabar berilgan edi. Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida voqea joyidan olingan fotosuratlar chiqarildi.
Shuningdek, “Daryo” mobil muxbirlari ham yong‘in fotosuratlarini jo‘natgan.
Eslatib o‘tamiz, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bunga yong‘in xavfsizligi qoidalarining qo‘pol ravishda buzilishi sabab bo‘lgan. Oshxonada ko‘plab elektr uskunalari, nosoz pechlar va gaz ballonlari bo‘lgani yong‘inning butun binoga tarqalishiga olib kelgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, restoranning uch nafar xodimi jabrlangan va shifoxonaga yotqizilgan.
Izoh (0)