2014-yil noyabridan boshlab hozirgacha bo‘lgan davrda Yaponiya smartfonlar bozorida eng ko‘p sotilgan qurilma Asus Zenfone 5 bo‘ldi, deb xabar bermoqda “3DNews.ru”.
Aytilgan davr mobaynida Asus Zenfone 5 Yaponiyada jami sotilgan smartfonlarning 43 foizini tashkil qilgan. Hozir bu ko‘rsatkich 24,5 foizgacha tushib qolgan bo‘lsa ham, yetakchilik boy berilmagan. Uning eng yaqin ta’qibchisi bo‘lgan LG Nexus 5 bozorning 19,5 foizini egallagan.
Apple, Sony, Sharp va Fujitsu Yaponiya smartfonlar bozorining eng yirik ta’minotchilari bo‘lgan. Samsung esa ushbu mamlakatda unchalik muvaffaqiyatga erisholmagani tufayli endilikda smartfonlarni o‘z brendi ostida sotmaslikka qaror qilgan: kompaniya qurilmalari mahalliy “Docomo” va “au” operatorlari logotiplari bilan chiqariladi.
Izoh (0)