Sirdaryo viloyati Sardoba shaharchasida yashovchi fuqaro nonushtadan so‘ng, darvozani ochib, Nexia’sini haydab chiqmoqchi bo‘lganida, mashina g‘ildiraklari o‘rniga g‘isht taxlab qo‘yilganini ko‘rdi, deb xabar bermoqda “Postda” mashri.
Bir kun avval ichkilikka boy bo‘lgan mehmondorchilikning ta’sirida bosh og‘rig‘i bilan mashinani nima qilishini bilmay turgan fuqaro oldiga qo‘shnisi kelib qoldi. U fuqaroga ichki ishlar bo‘limiga borishni maslahat berdi. G‘ildiraklar sotib olishi uchun pul ham berib turishini aytdi. Fuqaro IIBga borib, bo‘lgan voqeani aytib berdi, so‘ng Guliston shahridan mashinasiga g‘ildiraklar sotib oldi.
Ertasiga Farg‘onaga to‘yga ketishi oldidan qo‘shnisi yana paydo bo‘lib, g‘ildiraklarning o‘zi xunuk turganini aytdi va uyidan toza metalldan yasalgan yaltiroq kolpaklarni olib chiqib berdi. Kolpaklarni mashinasi g‘ildiraklariga kiydirib olgan fuqaro to‘yga yo‘l oldi. Bundan foydalangan qo‘shnisi esa Nexia’dan o‘g‘rincha yechib olgan g‘ildiraklar va ularning kolpaklarini Toshkentga olib borib pulladi.
To‘ydan keliboq fuqaro qo‘shnisiga qarzini berib, hisob-kitob qildi. Natijada qo‘shni ikki tomondan pul ishlab olgan bo‘ldi. Biroq uning xursandchiligi uzoqqa bormadi: IIB xodimlari olib borgan harakatlar natijasida qo‘shni tomonidan sodir etilgan jinoyat fosh etildi. Tergov jarayonida uning avvalgi jinoyatlari ham oshkor etildi. U bundan avval nafaqat avtomobillar g‘ildiragi, balki velosipedlarni ham o‘g‘irlab sotganini tan oldi.
Izoh (0)