O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ra’noxon Amanova Moskva shahrida o‘tkazilgan Rossiya ochiq chempionatida sovrindor bo‘ldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi axborot xizmati.
400 metr masofaga kompleks usulda suzish bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada 4 daqiqa-yu, 50,16 soniya natijani qayd etgan O‘zbekistonning iste’dodli sportchisi bronza medali sohibi bo‘ldi.
Izoh (0)