Polsha prezidentining rafiqasi Anna Komorovskaya 17-aprel kuni internet-agressiya darajasini pasaytirishga qaratilgan “Trollni quch” ijtimoiy kampaniyasi boshlanganini e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Radio Polsha”.
“Gaplashish, muloqot qilish kerak, ammo yozilgan yoki aytilgan so‘z insonni eng zamonaviy quroldan ham ko‘proq yaralashi mumkinligini esda saqlash lozim. Biz o‘zimizni va bunday zo‘ravonlikka duchor bo‘lganlarni himoya qilishimiz lozim”, − dedi Komorovskaya.
Tashabbusdan maqsad – internet foydalanuvchilarini trolling bilan shug‘ullanmaslikka ko‘ndirish va trolllar qurbonlarini bunday izohlarni jiddiy qabul qilmaslikka o‘rgatishdan iborat.
Izoh (0)