Telekommunikatsiya qurilmalari bozorida kattaroq o‘rin egallash uchun Finlyandiyaning Nokia kompaniyasi Alcatel-Lucent’ni sotib olishga qaror qildi, deb yozadi “Mail.ru”.
Antimonopoliya xizmatlaridan ruxsat olgach, Nokia vakillari Alcatel-Lucent uchun 15,6 milliard yevro to‘lash niyatini oshkor qildi. Oldi-sotdi bitimi 2016-yil birinchi yarmida yakunlanishi kerak.
Yangi shakllanadigan korxona Nokia brendi ostida faoliyat yuritishda davom etadi, biroq tadqiqotlar va ishlab chiqishlar sohasidagi faoliyati uchun Alcatel-Lucent’s Bell Labs nomini saqlab qoladi.
Izoh (0)