Flickr asoschilaridan biri Styuart Batterfild kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Slack korporativ messenjeri investitsiyaviy raundni 160 million dollarga yopdi, deya xabar bermoqda “RBK”.
Yangi investorlar milliarder Yuriy Milner boshqaruvi ostidagi DST Global investitsiya jamg‘armasi, shuningdek Horizon Ventures, Index Ventures, Spark Capital va Institutional Venture Partners (IVP) bo‘ldi. Raunddan so‘ng kompaniya 2,8 milliard dollarga baholandi.
DST Global Yuriy Milner tomonidan 2005-yilda tashkil qilingan bo‘lib, uning eng yirik sherigi rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovdir.
Izoh (0)