Buyuk Britaniyaning eng taniqli nashrlaridan bo‘lmish The Guardian gazetasining onlayn versiyasidagi Guardian Cities ruknida toshkentcha to‘y paloviga bag‘ishlangan maqola chop etildi.
“O‘zbekistonda juda ommabop bo‘lgan va sevib tanovul qilinadigan ushbu taomning 120 dan ortiq turi bo‘lishiga qaramay, Toshkentda to‘y palovi ayniqsa mashhur”, − deyiladi maqolada.
Shundan keyin, palovning Aleksandr Makedonskiy va Ibn Sinoga bog‘liq tarixi, Toshkent oshining o‘ziga xosliklari, mazasi, ko‘proq erkaklar tomonidan tayyorlanishi, narxi (bir hissasi 1−2 funt-sterling), uyda ham tayyorlash mumkinligi, restsepti haqida so‘z boradi. Yakunda palovni juda yaxshi ko‘ruvchi o‘zbek xalqida “O‘ldirsa ham − osh o‘ldirsin” maqoli borligi ham eslatib o‘tilgan.
Izoh (0)