Filadelfiya federal appelyatsiya sudi shu shtatda yashovchi Joan Lengbord ismli ayoldan 10 yil oldin musodara qilingan noyob oltin tangalarni qaytarib berish to‘g‘risida qaror qabul qildi, deb xabar bermoqda Reuters.
Ayolga meros bo‘lib qolgan tangalar o‘g‘irlangan bo‘lib chiqqani uchun AQSh hukumati ularni musodara qilgan. Biroq u otasi vijdonli kishi bo‘lgani va musodara chog‘ida qonuniy ko‘rsatmalarga amal qilinmaganiga asoslanib, tangalarni qaytarishga muvaffaq bo‘lgan.
Ushbu tangalar 1933-yilda AQSh prezidenti Franklin Delano Ruzvel tomonidan ishlab chiqilgan “ikki burgut” dizayni asosida bostirib chiqarilgan bo‘lib, 445,5 ming nusxadagi ushbu tangalari o‘sha Ruzveltning o‘zining topshirig‘i bilan muomalaga kiritilmagan. Natijada barcha tangalar qaytadan eritilgan, faqatgina 10 ta tanga o‘g‘irlangan va keyinroq Joan Lengbordning otasiga sotilgan.
Izoh (0)