Toshkent shahar prokuraturasi bo‘lim AMIB katta tergovchisining ma’lum qilishicha, bir fuqaro alkogolli ichimliklar uchun mo‘ljallangan aksiz markalarini soxtalashtirib, noqonuniy boylik orttirishni maqsad qildi, deb xabar beradi “Huquq” gazetasi.
Bu kimsa tergovda shaxsini aniqlashning imkoni bo‘lmagan bir necha Xitoyning Urumchi shahri fuqarolari bilan jinoiy til biriktirib, o‘sha yerda qonunga xilof ravishda aksiz markalari ishlab chiqardi. Shundan so‘ng, 200 ming dona aksiz marka O‘zbekistonga olib kirilib, ularga xaridor ham topildi.
Biroq qonunbuzarning niyati amalga oshmadi: u 200 ming dona markani 42 million so‘mga sotayotganida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olindi.
Fuqaro ishni atroflicha o‘rganib chiqqan Shayxontohur tuman sudi hukmi bilan olti yil umrini panjara ortida o‘tkazadigan bo‘ldi.
Izoh (0)