Bugun, 17-aprel soat 21:00 da “Rossiya 1” telekanalida “Glavnaya ssena” musiqiy loyihasining superfinali bo‘lib o‘tadi. Unda toshkentlik Sardor Milano sahnaga chiqadi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.
Teletomoshabinlarning ovoz berish natijalariga ko‘ra, bugun loyiha g‘olibi ma’lum bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, superfinalga har bir jamoadan bir kishidan — jami besh kishi yo‘l olgan. Ular orasida Arsen Mukendi, Aleksandr Ivanov, Kseniya Dejneva, “Moya Mishel” guruhi va Sardor bor.
23 yoshli ishtirokchi Sardor Milano o‘z ijrosi bilan ko‘plab muxlislar e’tiboriga tushib ulgurdi. U saralash bosqichida italiyalik opera xonandasi Andrey Bochellining Con Te Partiro (Time To Say Goodbye), qo‘shig‘ini ijro etgan bo‘lsa, chorak finalda Nella Fantasia’ni kuylagan edi. Final bahsida Fred Merkurining Queen nomli kompozitsiyasini ijro etgan Sardor tomoshabinlar va hay’at a’zolari e’tiborini qozonib, superfinalga yo‘llanma olgandi.
Ovoz berish jarayoni davom etmoqda. Unda “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari ishtirok etishlari mumkin.
Izoh (0)