Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Chevrolet kompaniyasi Pekindagi avtoshouda General Motors’ning Osiyodagi texnik markazi tomonidan ishlab chiqilgan FNR (Find New Roads) konsept—elektrokarini taqdim etadi, deb xabar bermoqda “Motor.ru”.

Foto: motor.ru

Foto: motor.ru

Ushbu konsept kelajak elektromobillarining taxminiy ko‘rinishini tasavvur qilish uchun taqdim etilishi kutilmoqda. Chevrolet FNR avtopilot, akkumlyatorlarni simsiz quvvatlantiruvchi moslama, avtomobilning ba’zi funksiyalarini boshqarish uchun ko‘z harakatini kuzatuvchi va ishoralarni tanuvchi tizim bilan jihozlanadi. Boshqa tafsilotlar hozircha ma’lum qilinmagan.

Chevrolet tomonidan chiqarilgan so‘nggi elektromobil prototipi Bolt EV kompakt xetchbeki bo‘lib, 2015-yil boshida Detroyt avtosalonida taqdim etilgan edi. Narxi 30 ming dollardan oshmaydigan va bir marta to‘ldirilgan quvvat bilan 300 kilometrgacha yura oladigan ushbu elektromobillar 2017-yilda sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Prava”ni yangisiga almashtirib beradigan onlayn xizmat faoliyatida nosozlik kuzatilmoqda
Mahalliy
O‘zbekistonda gaz zapravkalar qayta ochilishi kutilmoqda
Dunyo
Rossiya Belarusga yangi harbiy qismlar joylashtirdi — Ukraina chegara xizmati