Chevrolet kompaniyasi Pekindagi avtoshouda General Motors’ning Osiyodagi texnik markazi tomonidan ishlab chiqilgan FNR (Find New Roads) konsept—elektrokarini taqdim etadi, deb xabar bermoqda “Motor.ru”.
Ushbu konsept kelajak elektromobillarining taxminiy ko‘rinishini tasavvur qilish uchun taqdim etilishi kutilmoqda. Chevrolet FNR avtopilot, akkumlyatorlarni simsiz quvvatlantiruvchi moslama, avtomobilning ba’zi funksiyalarini boshqarish uchun ko‘z harakatini kuzatuvchi va ishoralarni tanuvchi tizim bilan jihozlanadi. Boshqa tafsilotlar hozircha ma’lum qilinmagan.
Chevrolet tomonidan chiqarilgan so‘nggi elektromobil prototipi Bolt EV kompakt xetchbeki bo‘lib, 2015-yil boshida Detroyt avtosalonida taqdim etilgan edi. Narxi 30 ming dollardan oshmaydigan va bir marta to‘ldirilgan quvvat bilan 300 kilometrgacha yura oladigan ushbu elektromobillar 2017-yilda sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.
Izoh (0)