AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) uzumchilik va bog‘dorchilik sohasida ishlaydigan o‘zbekistonlik fermerlar uchun MEVA (Mobile Extension Value Added) mobil ilovasini ishlab chiqdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
O‘zbek tilidagi bepul Android-ilova intensiv bog‘larni yaratish bo‘yicha ma’lumot olishga bo‘lgan yuqori darajadagi talabni qondirish maqsadida yaratilgan. Datasite Technology kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan dasturga ilg‘or agrotexnika texnologiyalari, meva navlarini tanlash, kerakli uskunalarni sotib olish, zararli kasalliklarga qarshi kurashish, uzumzor va bog‘larga qarash, shuningdek intensiv bog‘larni rivojlantirish uchun sarmoyalarni rejalashtirish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar joyalshtirilgan.
Ma’lumotlar interfaol displeylar va fotosuratlar, moliyaviy qarorlar qabul qilish uchun moslashtirilgan “hisoblagich”lar, shuningdek qo‘shimcha resurslarga havolalar ko‘rinishida taqdim etilgan.
Izoh (0)