Misrning sobiq prezidenti Husni Muborakning advokati Farid ad Dib uning vafot etgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rad etdi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Husni Muborakning sog‘lig‘i haqiqatan ham yaxshi va o‘zi uchun odatdagi hayot tarzini o‘tkazishda davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Eronning “Fars” axborot agentligi Husni Muborak vafot etgani haqidagi xabarni tarqatgan edi. Keyinroq Qohira gospitali shifokorlari ushbu xabarni rad etdi.
Izoh (0)