Rossiya futbol ittifoqi mamlakat milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kapelloning maoshini to‘lash uchun mablag‘ manbasiga ega emas. Bu haqda tashkilot rahbari Nikolay Tolstix ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Fevral oyida Rossiya futbol ittifoqining qarzdorligini yopish uchun milliarder Alisher Usmonov 400 million rubl miqdorida imtiyozli kredit taqdim etgan edi. Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko buni Usmonovdan shaxsan o‘zi so‘raganini ma’lum qilgan.
Tolstixning so‘zlariga ko‘ra, Kapello bilan mehnat shartnomasini imzolash chog‘ida ko‘zda tutilgan maoshni to‘lash uchun mablag‘ Rossiya futbol ittifoqida hozir ham yo‘q. Shu bois uning maoshi yana kechikishi mumkin.
Izoh (0)