Liviyadan Italiyaga ketayotgan kema O‘rtayer dengizida halokatga uchrashi oqibatida 400 nafar muhojir halok bo‘ldi. Bu haqda Save The Children tashkilotiga asoslanib Reuters xabar bermoqda.
Omon qolib, boshqa kemaga ko‘chirilgan va Italiya portiga olib kelinganlarning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning orasida juda ko‘p yoshlar bo‘lgan. Qayd etilishicha, bortida 550 kishi bo‘lgan kema dengizga chiqqanidan bir sutka o‘tib ag‘darilib ketgan.
Ma’lum qilinishicha, 2014-yilda Yevropaga yetib olish uchun yo‘lga chiqqan 3 mingdan ortiq muhojir O‘rtayer dengizida halok bo‘lgan. Yil davomida O‘rtayer dengizi orqali jami 207 mingdan ortiq muhojir Yevropaga o‘tib olgan. Bu 2011-yilgi ko‘rsatkichdan uch marta ko‘pdir.
Izoh (0)