Ukrainaning “Goverla” klubi hujumchisi Maksim Shatskix murabbiylik kursida tahsil ola boshladi. Futbolchining aytishicha, uning bu qaroridan “Goverla” bosh murabbiyi Vyacheslav Grozniy bexabar, deb ma’lum qildi “Uff.uz”.
“Murabbiylik kursida o‘qiyotganimga Vyacheslav Grozniy qanday munosabatda bo‘ldi? Menimcha u bu haqida hali bilmaydi.
U nima ham derdi? Buning qanday yomon tomoni bor? Men futbolchilik faoliyatimni yakunlamoqchi emasman, shunchaki qo‘shimcha tarzda murabbiylik ishini ham o‘rganmoqchiman. Baribir qachondir bu ishni qilishim kerak bo‘lardi”, – dedi Shatskix.
Eslatib o‘tamiz, biroz vaqt muqaddam Maksim Shatskix “Goverla”da 10 oydan buyon maosh olmaganini aytgan edi.
Izoh (0)