Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

10-apreldan Apple kompaniyasi o‘z do‘konlari tashrifchilariga Apple Watch’ni ishlatib ko‘rishga ruxsat berdi, shuningdek, o‘z rasmiy saytida “aqlli” soatlar uchun oldindan buyurtmalar qabul qila boshladi, deb yozadi TJournal.

Foto: washingtonpost.com

Foto: washingtonpost.com

Startdan sanoqli daqiqalar o‘tib, barcha modellarni yetkazib berish sanasi aprel oxiridan iyunga ko‘chirildi. OAVlar taxminiga ko‘ra, bu qurilmalarning birinchi adadi to‘liq sotilib bo‘linganidan darak beradi. Dastlabki adad esa, The Wall Street Journal ma’lumotlariga ko‘ra, 5 million donani tashkil etadi.

9 mingdan ziyod xaridorlar orasida so‘rov o‘tkazib, tahlilchilar bir kecha-kunduzda AQShda Apple Watch’ni 957 mingdan oshiq kishi xarid qilganini aniqladi.

Shu yilning fevralida 2014-yilda Android Wear operatsion tizimidagi “aqlli” soatlardan bor-yo‘g‘i 720 mingtasi sotilgani haqida xabar berilgan edi. O‘sha vaqtda bu taqiladigan elektronika bozorining 15 foizini tashkil etar edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Urug‘chilik hamda pistachilik ilmiy markazlari tashkil etiladi
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Shou-biznes
Yillar davomida tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan Gollivud aktyorlari (foto)