Ukraina Tashqi ishlar vazirligi bugungi kunda Donbassga tinchlikparvar kuchlar jo‘natilishi masalasi bo‘yicha baholovchi missiya Ukrainaga kelishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud deb hisoblaydi. Bu haqda muassasa vakili Yevgeniy Perebiynis ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
“Bu masalada ham BMT, ham Yevropa Ittifoqi doirasida qizg‘in muhokamalar ketmoqda. Biz buni barcha hamkorlarimiz bilan muhokama qilyapmiz. Ko‘pchilik ushbu g‘oyani yo birdaniga qo‘llab-quvvatlayapti, yo unga qat’iyan qarshi chiqmayapti. BMT bosh kotibi darajasida ancha aniq yechimlarga o‘tamiz, deb o‘ylayman. Jumladan, ushbu missiyaga kerak bo‘ladigan talablarni o‘rganish maqsadida BMT missiyasi Ukrainaga kelishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud”, − dedi Ukraina TIV vakili.Eslatib o‘tamiz, Ukraina Oliy radasi prezident Pyotr Poroshenkoning BMT Xavfsizlik kengashi va Yevropa Ittifoqi kengashiga mamlakat hududiga tinchlikparvar kuchlarni kiritishni so‘rab murojaat qilish to‘g‘risidagi qarori loyihasini qo‘llab-quvvatlagan edi.
Izoh (0)