Janubiy Koreya sohillari yaqinida yo‘lovchi tashuvchi tezyurar kema kit bilan to‘qnashib ketdi, deb xabar bermoqda “Vesti.ru”.
Bortida 161 kishi bo‘lgan “Kobi−3” kemasi Janubiy Koreyaning Pusan portidan Yaponiyaning Fukuoka shahriga ketayotgan bo‘lgan. Kit bilan to‘qnashuv oqibatida 16 nafar yo‘lovchi yengil jarohat olgan.
To‘qnashuv Pusanning janubi-sharqiy sohilidan 25 kilometr uzoqlikda sodir bo‘lgan. Kemaning dvigateli ishlamay qolgach, sohil qo‘riqlash xizmati uni portga qaytargan.
Izoh (0)