Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Insonga tug‘ilganida berilgan ism uning taqdiriga ta’sir qilishi mumkin. Bu fantastika ham, mistika ham emas, balki mutaxassislar tomonidan “yashirin xudbinlik” deb atalgan ruhiy fenomendir, deb yozadi “Segodnya.ua”.

Foto: vladtime.ru

Foto: vladtime.ru

Olimlar aniqlik kiritishicha, biz umrimiz davomida o‘z ismimizni boshqa har qanday so‘zga nisbatan ko‘proq eshitamiz va yozamiz. Natijada odamlar ismga “hamohanglikda” harakat qila boshlaydi, ya’ni nomlarida o‘z ismlarida mavjud harflarga ega bo‘lgan buyumlar, shaharlar va hatto kasblarni tanlaydi.

Ruhshunoslar Filipp ismli kishilar Filadelfiyada yashashni istashi yoki Deniz va Denis ismlari esa dantistlar orasida ko‘p uchrashini misol qilib keltirdi.

“Yashirin xudbinlik” namoyon bo‘lishini mutaxassislar quyidagicha tushuntirib berdi: ko‘pchilik odamlarda ijobiy narsalar bilan bog‘liq shaxsiy tushunchalari bo‘ladi. Shu tushunchalarga aloqador har qanday narsa, hattoki bu shunchaki fonetik o‘xshashlik bo‘lsa-da, ularga ijobiy bo‘lib tuyuladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mehridaryo
“Hokimiyatga o‘zimni o‘ldiraman deb benzin ko‘tarib bordim, dardimni eshitishmadi” (video)
Mahalliy
Chorvoq suv ombori qirg‘oqlaridan odam suyaklari topildi
Dunyo
Rossiya dronlar evaziga Eronga kiber qurollarini berdi — WSJ