O‘zbekiston Taekvondo WTF assotsiatsiyasi rahbariyati tomonidan terma jamoaning uch nafar yetakchi taekvondochisi – Dmitriy Shokin, Nikita Rafalovich va dunyo reytingida o‘z vazn toifasida birinchi o‘rinni egallab turgan Jasur Boyqo‘ziyevga o‘zimizda ishlab chiqarilgan avtomobillar tantanali ravishda topshirildi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda terma jamoamiz Rio-2016 Olimpiadasiga eng muhim reyting ochkolarini taqdim etuvchi jahon chempionatiga astoydil tayyorgarlik ko‘rishyapti.
Izoh (0)