Meksikaning “Tixuna” klubida o‘ynovchi venesuelalik futbolchi Xuan Arango musobaqa paytida raqiblaridan birini tishlab oldi, deya xabar bermoqda “Goal.com”.
Hodisa Meksika chempionati doirasida “Monterrey”ga qarshi o‘tkazilgan o‘yin tugashiga bir necha soniya qolganida sodir bo‘ldi. Arango raqib jamoa o‘yinchisi Xesus Savala bilan yonma-yon yugurayotib, uning chap yelkasidan tishlab oldi.
Venesuelalik futbolchi uzoq vaqtda diskvalifikatsiya qilinishi kutilmoqda. Meksikada voqeani 2014-yilgi jahon chempionatida urugvaylik Luis Suaresning italiyalik Jorjio Kyellini tishlab olgani bilan bog‘liq vaziyatga qiyoslashmoqda.
2012-yilda Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi Arangoni dunyodagi eng mashhur futbolchi deb e’lon qilgan edi.
Izoh (0)