Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘tgan bir necha oy davomida Qo‘qon shahridagi avtokorxonalar tomonidan “Samarqand avtomobil zavodi”da ishlab chiqarilgan 21 ta Isuz” avtobuslari, 60 dona Cobalt, Nexia va Damas yengil mashinalari sotib olinib, shahar, shahar atrofi va shaharlararo yo‘nalishlarga qo‘yildi. Bu haqda O‘zbekiston Avtomobil va daryo transporti agentligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

i20110120055322-dsc05308

Jumladan, “Investtrans” MChJ bank kreditlari hisobiga 14 ta va korxonaning o‘z mablag‘lariga 1 ta avtobus xarid qilinishi natijasida 30 nafar kishini ish bilan ta’minlandi. Yangi avtobuslar shahar va shahar atrofi yo‘nalishlarida qatnamoqda.

Shuningdek, “Qo‘qon Taksi Servis” MChJ ham 480 million so‘mlik kredit shartnomasini imzolab, ushbu mablag‘larni 6 ta Isuzu avtobuslari sotib olishga sarfladi. Avtotransport vositalarining xarid qilinishi 12 ta yangi ish o‘rnini tashkil qilishga imkon berdi.

Bundan tashqari, korxonalarning yengil avtomobillar parki ham mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mashinalar hisobiga kengaymoqda. Xususan, 2015-yilning 1-choragida “Qo‘qon Karvon yo‘li” MChJ kreditga 35 ta Cobalt va 15 ta Nexia xarid qilib, Qo‘qon – Toshkent shaharlararo yo‘nalishida xizmat ko‘rsatishni boshlagan bo‘lsa, “Mega Oskar Trans” MChJ o‘z mablag‘lariga 10 ta Damas rusumli avtomashinalarni sotib olib, shahar atrofi yo‘nalishlariga joylashtirdi.

Yangi avtomobillar xarid qilinishi natijasida 60 kishi doimiy ish bilan ta’minlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Urug‘chilik hamda pistachilik ilmiy markazlari tashkil etiladi
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Shou-biznes
Yillar davomida tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan Gollivud aktyorlari (foto)