Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi avtobusi o‘qqa tutilgani munosabati bilan klub o‘z avtobusiga qilingan qurolli hujumning barcha sabablari aniqlanmagunicha milliy chempionatning to‘xtatilib turilishini so‘ramoqda, deb yozadi “Stadion.uz”.

Foto: uff.uz

Foto: uff.uz

“Qurolli hujumning barcha sabablari aniqlanmagunicha, milliy chempionat o‘yinlarini to‘xtatib turish kerak, deb hisoblaymiz. Qon to‘kilgan joyda futbol tugaydi. Aybdorlarni topib, jazolash ‘Fenerbaxche’ uchun juda muhim”, — deyiladi klub bayonotida.

Turkiya chempionatining bir nechta klubi “Fenerbaxche” taklifini qo‘llab-quvvatladi.

Eslatib o‘tamiz, Istanbulning “Fenerbaxche” klubi Turkiya chempionati doirasida “Rizespor” jamoasi ustidan 5:1 hisobida g‘alabaga erishgan edi. Uchrashuvdan so‘ng klub avtobusiga qurolli hujum uyushtirilgan. Riza shahridan Trabzon tomon ketayotgan avtobus tomon o‘qotar quroldan o‘t ochilgan. Xabar qilinishicha, bu vaqtda avtobus katta tezlikda harakatlanayotgan bo‘lgan. Hujum natijasida avtobus haydovchisi yaralangan. Shunga qaramay, u boshqaruvni qo‘ldan chiqarmagan va jiddiy avtohalokatdan saqlanishga muvaffaq bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank