Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

SVOJJDLQK departamentining Toshkent viloyat boshqarmasi bo‘lim bosh taftishchisining ma’lum qilishicha, “Bekobodyo‘lsanoat” ishlab chiqarish korxonasining temiryo‘l sexiga 2001-yildan beri rahbarlik qilib kelgan shaxs o‘zining moddiy javobgarligida bo‘lgan davlat mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilganligi fosh etildi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.

Toshkent viloyati. Foto: O‘zA

Toshkent viloyati. Foto: O‘zA

Avvaliga sex boshlig‘i korxonaning temiryo‘l sexiga tegishli bo‘lgan teplovoz dvigatelini noma’lum shaxslarga pullab yuborgan. Keyingi safar yuk tashuvchi vagonlarni bo‘laklarga bo‘lib, arzimagan pul evaziga noma’lum shaxslarga sotib yuboravergan. Shu tariqa, u 7 vagonni pullab, mablag‘larini o‘z manfaati uchun ishlatgan.

Sudga oid tovarshunoslik ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, sex boshlig‘i sotib yuborgan vagonlar har birining bahosi 7 milliondan 9 million so‘mgachani tashkil etgan. U sotgan birgina teplovoz dvigatelining bahosi esa 185 million 640 ming so‘m bo‘lgan. Tergov jarayonida aniqlanishicha, bu kimsa tomonidan talon-taroj qilingan moddiy boyliklar 249 million 810 ming so‘mni tashkil etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod tuman sudi hukmi bilan sex boshlig‘i umrining 6 yilini panjara ortida o‘tkazadigan bo‘ldi. Shuningdek, bu kimsa tomonidan davlatga yetkazilgan zarar to‘liq qoplanadigan bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim
Sport
Eng tartibli himoyaga ega O‘zbekiston, 69 gol va yuzdan ortiq sariq kartochka. U-20 Osiyo Kubogi—2023 raqamlarda
Mahalliy
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yagona to‘lov tizimi yaratishni taklif qildi