Buyuk Britaniyada 28 karra “dunyoning eng xunuk ayoli” unvoni sohibasi Enn Vuds 67 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda Metro.
Vuds Buyuk Britaniyada va dunyoda yuzni bujmaytirish bo‘yicha chempionatlarning doimiy ishtirokchisi va g‘olibasi sifatida tanilgan. U “dunyoning eng xunuk ayoli” deb birinchi marta 1977-yilda, so‘nggi marta 2010-yilda topilgan. Shuningdek, besh marta ikkinchi o‘rinni egallagan.
Qayd etilishicha, chempionat Nordon olmalar yarmarkasi doirasida tashkillashtirib kelinadi. Bu dunyodagi eng qadimiy ko‘ngilochar tadbirlardan bo‘lib, 1267-yildan buyon Ergemont shahrida o‘tkazib kelinadi.
Izoh (0)