Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi huzuridagi “Obodonlashtirish obyektlarini nazorati” DUK tomonidan taqdim qilingan ma’lumotnomaga ko‘ra, joriy yilning aprel oyi yakunigacha qator ko‘chalarda yer qazish va ta’mirlash ishlari rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati.
Jumladan, Mirobod tumani, T. Shevchenko ko‘chasida “O‘zinterqurilish” tashkiloti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi binosi uchun o‘rta bosimli gaz tarmog‘i va ichimlik suvini yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ishning muddati 2015-yil 11-aprelgacha.
Shuningdek, Yakkasaroy tumani, Bratislava ko‘chasida transport xarakatini Tafakkur ko‘chasidan Yusuf Xos Xojib ko‘chasigacha yopgan xolda “Pozitiv story master” MChJ tashkilotiga tegishli issiq suv tarmoqlarini qayta yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ishning muddati 2015-yil 28-aprelgacha.
Izoh berilishicha, Toshkent shahar ko‘chalari chorrahalariga tashqi kuzatuv kameralari o‘rnatish maqsadida olib borilayotgan, shuningdek turli sabablar tufayli avariya sodir bo‘lganda amalga oshiriladigan tezkor sozlash, qazish va ta’mirlash ishlari bundan mustasno.
Izoh (0)