AQShning Texas shtatida lotereya o‘yinida 500 dollar yutib olgan 46 yoshli erkak yutuqni bo‘lishishni istamay, o‘z qaylig‘ini otib o‘ldirdi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Qayd etilishicha, ayol undan lotereya yutug‘ini bo‘lishishni so‘ragan, erkak bunga javoban unga qarata o‘q uzgan. Shundan keyin to‘pponchani o‘ziga qaratib, o‘z joniga qasd qilgan.
Og‘ir jarohat olgan ayol politsiyaga qo‘ng‘iroq qilishga ulgurgan, biroq shifoxonaga olib borilgach, vafot etgan. Ma’lum qilinishicha, lotereya yutug‘i sohibi avval ham qaylig‘iga hujum qilgani uchun qamoqda o‘tirib chiqqan.
Izoh (0)