Drezden sudi kannibalizm (odamxo‘rlik) ishqibozlari saytida o‘zi tanishgan biznesmenni o‘ldirganlikda ayblangan politsiya xodimini 8,5 yilga ozodlikdan mahrum etdi, deya xabar bermoqda Meduza.
Sobiq politsiyachi aybini tan olmasdan, biznesmen o‘z joniga qasd qilganini ta’kidlab turib oldi.
Sobiq politsiya xodimi va biznesmen 2011-yilda kannibalizm ishqibozlari saytida tanishgan va elektron pochta orqali yozisha boshlagan. Maktublaridan birida biznesmen sobiq politsiyachiga o‘ldirilish va yeyilishni orzu qilishini aytgan.
Biznesmen sobiq politsiyachining uyiga kelgan va tergov versiyasi bo‘yicha o‘ldirilgan, himoya versiyasiga ko‘ra esa o‘z joniga qasd qilgan. Shundan so‘ng sobiq politsiyachi biznesmen jasadini bo‘laklab, bog‘ga ko‘mib qo‘ygan — ushbu jarayonni esa videoga muhrlagan.
Izoh (0)