Toshkent viloyati Bo‘ka tumani IIBga xususiy tadbirkor ayol ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxslar uning Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan savdo do‘konidan 6 million 500 ming so‘mlik kiyim-kechaklarni o‘g‘irlab ketganini ma’lum qildi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.
Ichki ishlar xodimlari tomonidan jabrlanuvchi va guvohlar bilan tezkor-surishtiruv ishlari olib borildi. Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida mazkur o‘g‘irlikni shu tumanda yashovchi 19 va 22 yoshli ikki nafar yigit do‘kon eshigi qulfini buzib kirish yo‘li bilan sodir etganligi aniqlandi va ular qo‘lga olindi.
Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)