Tailand poytaxti Bangkok shahrida tennis bo‘yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi, mukofot jamg‘armasi 15 ming AQSh dollaridan iborat bo‘lgan turnirning asosiy to‘r bahslarida yarim final ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Olamsport.com”.
Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik Sabina Sharipova ham ishtirok etayotgan edi. Biroq turnirda uchinchi raqam ostida tasniflangan Sabina yarim final yo‘lida yaponiyalik Miyabi Inouyega qarshi kortga chiqdi va raqibasiga 6:7(6), 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Eslatib o‘tamiz, Sabina Sharipova ilk davrada britaniyalik Garriet Dartni 3:6, 6:4, 6:3, ikkinchi bosqichda esa tailandlik Nudnida Luangnamni 1:6, 6:1, 6:2 hisobida taslim etgandi.
Izoh (0)