27-mart kuni o‘ta og‘ir vaznda WBA (Regular) versiyasi bo‘yicha jahon chempioni o‘zbekistonlik Ruslan Chagayev va avstraliyalik Lukas Braun vakillari jang haqida kelishib olishi uchun belgilangan muddat tugaydi, deya xabar bermoqda “Allboxing.ru”. Ular bo‘lg‘usi jangni kelishib olmasa, promouterlik savdolari boshlanadi.
Braun kurash o‘z vatanida bo‘lishiga umid qilmoqda.
“Men o‘ta og‘ir vaznda ilk avstraliyalik jahon chempioni bo‘lishga tayyorman. Jang sanasi noma’lum bo‘lsa-da, men tayyorgarlik ko‘rishni boshladim. Chagayev bilan har qanday hududda jon deb uchrashaman, biroq Avstraliyada bu jang katta ko‘lamdagi hodisa bo‘ladi. Omma mamnuniyat bilan uni nokaut qilayotganimni tomosha qiladi”, — dedi Braun.
Eslatib o‘tamiz, fevral oxirida WBA tashkiloti Ruslan Chagayevga o‘z chempionlik kamarini himoya qilishi uchun avstraliyalik Lukas Braun bilan jang o‘tkazish majburiyatini yuklagandi. Chagayev Braundan avval ixtiyoriy ravishda Pyaneta bilan jang o‘tkazishni maqsad qilgan.
Izoh (0)