100 dan ortiq a’zo kompaniya va tashkilotlardan iborat bo‘lgan O‘zbekistondagi Amerika Savdo Palatasi (AmCham in Uzbekistan) tomonidan 2015-yil 19-mart kuni Toshkent shahridagi International mehmonxonasida seminar tashkil etildi. Bu haqda Turkiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda ishtirok etgan Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Namik Gyuner Erpul “Turkiya iqtisodiyoti va Turkiya-O‘zbekiston iqtisodiy va savdo aloqalari” mavzusida taqdimot o‘tkazdi.
Mazkur tadbirda O‘zbekistondagi Amerika Savdo Palatasi vakillari, Turkiya elchixonasi xodimlari hamda O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan mahalliy va xorijiy sarmoyadorlar ishtirok etdi.
Izoh (0)