Toshkent xo‘jalik sudi O‘zbekistondagi eng yirik qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonasi bo‘lmish “Toshkent traktor zavodi” aksiyadorlik jamiyatiga bankrotlik tamoyili uchun sanksiya berdi, deb xabar qilmoqda “Gazeta.uz”.
18-mart kuni korxonaga nisbatan kuzatuv ko‘rinishida bankrotlik taomili joriy qilingan va vaqtinchalik boshqaruvchi tayinlangan. 20-aprelga belgilangan zavod kreditorlari yig‘ilishida bakrotlikning keyingi taomillari − tashqi boshqaruv yoki tugatishga doir ish yuritishni joriy qilish masalasi yechiladi.
Ma’lumot uchun, 2014-yil may oyida O‘zbekiston Prezidenti qarori bilan “O‘zagrosanoatmashxolding” kompaniyasi tashkil etilgan bo‘lib, uning tarkibiga “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi”, “Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” va “Agregat zavodi” aksiyadorlik jamiyatlari kirgan. Zavodlar TTZ va “Chirchiqselmash” o‘rnida tashkil etiladi.
Izoh (0)