Rossiyaning UTair aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan Boeing-737 samolyoti dvigateli parvoz vaqtida ishdan chiqib qoldi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Boeing Sankt-Peterburgning “Pulkovo” aeroportiga qo‘ndi. Moskvadan Sankt-Peterburgga uchib kelgan samolyot qo‘nishni ishlab turgan bitta dvigateli bilan amalga oshirgan.
Samolyot bortida jami 80 kishi joylashgan bo‘lib, uladan 74 nafari yo‘lovchilar, 6 nafari esa ekipaj a’zolaridir.
Izoh (0)