23-mart kuni Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qalamlariga mansub “Kifoya” va “Zikr ahlidan so‘rang” kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Muslimaat.uz”.
Dastlab “Kifoya” kitobi haqida gapirish uchun so‘z Abdumannon domlaga berildi. U kishi asarning asosiy masdari, fiqh ilmining musulmon inson hayotida tutgan o‘rni va ahamiyati hamda kitobning o‘zidan oldin ta’lif qilinganlardan farqlari haqida aytib o‘tdilar.
So‘ngra so‘z “Zikr ahlidan so‘rang” to‘plamining chop qilinishida bevosita ishtirok etgan Muhammad Ali Muhammad Yusufga berildi. U kishi ushbu to‘plamning tarixi haqida so‘zladilar. Ushbu to‘plam Shayx hazratlarining turli suhbatlar va internet tarmog‘i orqali kelgan savollarga bergan javoblaridan iboratligini va hozirda Hilol-nashr nashriyoti tomonidan 4-juzi taqdim qilinganini va kelajakda qolgan juzlarini ham taqdim qilish ko‘zda tutilayotganini ta’kidladilar.
Izoh (0)