Samarqand viloyati Samarqand shahar ichki ishlar bo‘limiga 35 yoshli erkak kishi murojaat qilib, noma’lum shaxslar uning 2-sinf o‘quvchisi bo‘lgan qizining qulog‘idan sariq metalldan yasalgan ziraklarni yulib olib, voqea joyidan yashiringanligini ma’lum qildi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.
Shahar ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu talonchilikni mahalliy aholiga mansub ikki ayol va bir yigit sodir etgani to‘liq fosh etildi va ular qo‘lga olindi.
Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)