Wall Street Journal gazetasinign bedarak yo‘qolgan jurnalisti Devid Byordning jasadi AQShning Nyu-Jersi shtatidagi daryodan topildi, deb xabar bermoqda “Newskaz.ru”.
Qayd etilishicha, Passaik daryosida kanoeda suzib yurgan ikki kishi Byordga tegishli bo‘lgan qizil kurtkani topib olgan. Keyinroq politsiya jasadni topib, uning shaxsini aniqlagan.
55 yoshli Byord o‘z uyidan bir yilcha oldin sayr qilish uchun chiqib, qaytmagan. Jasad qoldiqlari jurnalistga tegishli ekanligi uni davolgan stomatolog ma’lumotlari evaziga aniqlangan. Politsiya jurnalistning o‘limi sabablarini aniqlash bo‘yicha surishtiruvni boshlagan.
Izoh (0)