“Levada” markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada ma’lum bo‘lishicha, rossiyaliklarning yarmidan ko‘prog‘i muxolifatchi Boris Nemsov o‘ldirilishining haqiqy buyurtmachilari topilishiga ishonmayapti, deb xabar berdi Meduza.
So‘ralganlarning 27 foizi ushbu jinoyat hech qachon fosh etilmaydi deb, 21 foizi jinoyatchilar sifatida boshqa kishi ko‘rsatiladi va haqiqiy aybdorlar chetda qolib ketadi deb hisoblaydi. Qotillikning haqiqiy buyurtmachilari topilishiga 33 foiz ishtirokchilar ishonadi, 44 foizi ishonmaydi, 23 foizi esa javob berishga qiynalgan.
Rossiya hukumatining qotillikka aybdor ekanligiga so‘rovning 15 foiz qatnashchisi ishonishini aytgan. Boris Nemsov o‘zi kimligi so‘ralganda ishtirokchilarning 50 foizi uni taniqli siyosatchi, 42 foizi 28-fevralda Moskvada otib ketilgan kishi, 31 foizi Nijegorod viloyatining gubernatori sifatida bilishini ma’lum qilgan.
Izoh (0)