Missurining 74 yoshli fuqarosi Sesil Kleyton 17-mart, seshanba kuni inyeksiya orqali qatl qilindi, deya xabar bermoqda “Newsru.com”. U yoshligida og‘ir jarohat olib, natijada bosh miyasining muhim qismi olib tashlangan bo‘lishiga qaramay, qatl bekor qilinmadi.
Kleyton 1996-yil noyabrida sherifning yordamchisini o‘ldirganlikda aybdor deb topildi. O‘shanda Sesil sevgan qizi bilan janjallashib qolgan, politsiyachi esa nizoga aralashmoqchi bo‘lgan edi. Oxir-oqibat Kleyton tartib soqchisi Kristofer Kestetterni peshonasidan otib tashlagan.
Izoh (0)