Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvidan o‘rin olgan “Monako” hamda “Arsenal” klublari o‘rtasidagi uchrashuvda Arsen Venger shogirdlari yirik hisobda g‘alaba qozonish uchun qo‘llaridan kelgan barcha ishni qilishdi. Biroq birinchi o‘yinda o‘tkazib yuborilgan uchta gol ularga qattiq pand berdi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
Uchrashuvning 36-daqiqasida Jiru londonliklarni hisobda oldinga olib chiqdi, 0:1. Ikkinchi gol bo‘lsa 79-daqiqaga to‘ri keldi, Remzining aniq zarbasi uchrashuvdagi yakuniy hisobni o‘rnatdi, 0:2. Ammo, bu kamlik qildi.
Shu tariqa “Monako” birinchi uchrashuvdagi natijalari evaziga keyingi bosqich masalasini hal qildi.
YeChL, 1/8 final
“Monako” Monako – “Arsenal” Angliya 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 36 Jiru, 0:2 – 79 Remzi.
“Monako” – Subashich, Ture, Uolles, Abdennur, Kurzava, Dirar (Elderson, 86), Tulalan, Kondogbia, Martial (Ferreyra Karrasko, 60), Moutinyu, Berbatov (Bernardu Silva, 70).
“Arsenal” – Ospina, Belerin, Mertesaker, Koselni, Monreal (Gibbs, 83), Koklen (Remzi, 63), Kasorla, Sanches, O‘zil, Uelbek (Uolkott, 72), Jiru.Ogohlantirishlar: Sanches (42), Kondogbia (52).
Izoh (0)