“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi “Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturi munosabati bilan 1941−1945-yillardagi urush qatnashchilariga qator imtiyozlarni taqdim etadi, deb xabar bermoqda “Infocom.uz”.
Jumladan, 2015-yil 31-dekabrgacha bir oy muddatga abonentlarga mahalliy darajada telefondan individual foydalanishda, o‘rnatilgan limitdan tashqari qo‘ng‘roqlarni amalga oshirishlarida chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun 60 daqiqa va shaharlararo so‘zlashuvlar uchun 60 daqiqa bepul taqdim etadi.
Shuningdek, 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilariga “Qayd etilgan telefoniya” xizmatlariga ulanish uchun o‘rnatilgan tartibda imtiyozlar taqdim etiladi. Imtiyozlarga ega bo‘lish uchun telefon o‘rnatilishi joylari bo‘yicha Uztelecom sotuvlar ofislariga murojaat etish mumkin.
Izoh (0)