Syerra-Leone vitse prezidenti Samuel Sam-Sumana uyi askarlar tomonidan qurshab olingach o‘ziga siyosiy boshpana berilishini so‘rab AQSh elchixonasiga murojaat qildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Sam-Sumana rafiqasi bilan uydan qochib chiqqan va hozirda AQSh elchisining javobini kutmoqda. Mamlakat armiyasi va politsiyasi vakillari vitse-prezidentning uyidan shaxsiy qo‘riqchilarni chiqarish uchun askarlar jo‘natilganini tasdiqlagan.
Qayd etilishicha, bir hafta muqaddam Sam-Sumana boshqaruvdagi partiya tarkibidan chiqarilgan. Uni o‘zining alohida siyosiy harakatini tuzishga urinishda ayblashgan.
Izoh (0)