Janubiy Koreyaning Kojido orolida ochilgan masjidga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining nomi berildi. Bu haqda “Info.islom.uz”ga tayanib “Qadriyat.uz” xabar berdi.
Ushbu masjid Kojido orolida mehnat qilayotgan minglab o‘zbekistonliklar tashabbusi bilan bundan 1 oy oldin ochilgan. Unga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh tashabbusi bilan O‘zbekiston musulmonlar idorasi tomonidan Nurulloh qori Ismoilov imom-xatib etib tayinlangan.
Nurulloh qori Ismoilov ko‘p yillar davomida Toshkent oliy ma’hadida dars bergan, poytaxtimizning jome’ masjidlarida imom-xatib lavozimida ishlagan, ko‘plab shogirdlarni tarbiyalab, hofizi Qur’onlar yetishtirgan.
Izoh (0)